Assalomu alaykum ๐Ÿ‘‹
Bugungi takrorlash 3 ยท 7 ยท 14
Yangi dars
Umumiy holat
0
O'rganilgan kun
0
Bugungi takror
0%
Umumiy
30 kunlik reja
o'rganilgan takror kere joriy
1 / 4946
๐Ÿš€ Kun almashdi!
Read
(rid)
bosing โ†บ
Mnemonika & Tarjima
o'qimoq
Mnemonika...
โ†บ old tomonga qaytish
bosing โ†บ
Mnemonika & Tarjima
โ†บ old tomonga qaytish
Profil & Sozlamalar
?
Mehmon
Telegram orqali oching
1
Joriy so'z
1
Joriy kun
Ko'rinish
๐ŸŒ™
Tungi rejimQorong'i tema yoqilgan
Ma'lumot
๐Ÿ“š
Jami so'zlar30 kunlik reja
4946
๐Ÿ”
Takrorlash tizimi3, 7 va 14 kunlik
3ยท7ยท14
Yordam
๐Ÿ“–
Yo'riqnomaMnemonika texnikasi va usul haqida
โ€บ
Boshqaruv
Tozalandi!
๐Ÿ”
1-kun takrorlash
+3 kunlik takror ยท 30 so'z
So'zlar aralashtirilib, moslashtirish va test shaklida so'raladi. Xato qilingan so'zlar yana bir necha marta takrorlanadi.
0 / 0
๐ŸŽ‰
Takrorlash tugadi!
๐Ÿ˜ฉ
Nega odatiy usul ishlamaydi?

Ingliz tilini o'rganuvchi inson vaqtining 90%ini yangi so'zlarni yodlashga sarflaydi. Standart uslub โ€” uch ustunli ro'yxat (so'z / tarjima / talaffuz) โ€” yordamida soatiga atigi 20-30 ta so'z yodlash mumkin.

Ammo bir hafta o'tgach, o'sha so'zlardan atigi 3-4 tasi esda qoladi. Sabab โ€” bu passiv yodlash, miya faol ishlamaydi.

Biz sizga mnemonika texnikasini o'rgatamiz โ€” bu orqali soatiga 150+ so'z yodlash va uni uzoq muddat esda saqlash mumkin.

๐Ÿง 
Miyangizning yashirin kuchi

Miyamiz ikki qismdan iborat. Chap yarim shar โ€” mantiq, raqam, matn uchun javobgar, atigi 10% xotira salohiyatiga ega.

O'ng yarim shar โ€” hissiyot va tasavvur uchun javobgar, 90% xotira salohiyatiga ega, shundan 80%i tasavvurga tegishli.

Savol: sizga o'qigan kitobingiz yaxshiroq esda qoladimi yoki tomosha qilgan filmingizmi? Albatta โ€” film. Chunki u avtomatik tasavvurni ishga tushiradi.

๐Ÿงช
Amaliy sinov

Quyidagi 10 ta so'zni 10 soniya ichida yodlab olishga harakat qiling:

Banan ยท Ruchka ยท O'rmon ยท Muzlatgich ยท Gilam ยท Oshpaz ยท Osmon ยท Mashina ยท Stadion ยท Ayiq
๐Ÿ”—
Assotsiatsiya zanjiri siri

Miyamiz neyronlardan tashkil topgan โ€” ular bir-biriga bog'lanish (sinaps) orqali axborot uzatadi. Mnemonika aynan shunga asoslangan: yangi so'zni eski, tanish obraz bilan bog'lash.

"Banan ruchkada xat yozyapti โ†’ ruchka katta bo'lib o'rmonga aylandi โ†’ o'rmon ichi muzlatgichlarga to'la โ†’ muzlatgichni ochsak, ichi gilamlarga to'la..."

Obraz qanchalik kulgili va g'alati bo'lsa, shunchalik yaxshi esda qoladi. Bitta so'zni keyingisiga ulab, kichik hikoya tuzasiz โ€” xolos.

โœ๏ธ
Endi o'zingiz sinab ko'ring

Quyidagi 5 ta so'zni o'zingiz bir hikoyaga bog'lang: Telefon ยท Qovun ยท Uy ยท Quyon ยท Olma

๐Ÿ“
Oltin qoidalar

โœ… Obrazni jonlantiring โ€” u kulgili, g'alati va harakatda bo'lsin.

โœ… Bittada 5 tadan ortiq so'z yodlamang โ€” miya bir vaqtda ko'p axborotni ushlab turolmaydi.

โœ… 96 soat qoidasi: yangi so'zni 4 kun ichida bir marta qaytaring โ€” aynan shu tamoyil asosida bizning 3ยท7ยท14 kunlik takrorlash tizimimiz qurilgan!

๐ŸŽ‰
Tayyorsiz!

Endi sizning shaxsiy 35 kunlik rejangiz boshlanadi. Har kuni bir necha so'z, mnemonika bilan โ€” va tizim 3ยท7ยท14 qoidasi asosida takrorlashni o'zi eslatadi.

๐Ÿ“– Yo'riqnoma

Nega odatiy usul ishlamaydi

Ingliz tilini o'rganuvchi inson vaqtining 90%ini yangi so'zlarni yodlashga sarflaydi. Statistikaga ko'ra, til o'rganuvchi yiliga o'rtacha 1200-1500 ta so'z yodlaydi โ€” bu degani, 5000-6000 ta so'z (Advanced daraja) uchun 3-4 yil kerak bo'ladi.

Ushbu ilova yordamida siz atigi 1 oy ichida 5000 ta so'zni yodlab olish imkoniyatiga egasiz โ€” chunki biz mnemonika texnikasidan foydalanamiz.

So'z boyligi darajalari

๐Ÿ“Œ 150 ta so'z โ€” Beginner, oddiy suhbatlar uchun yetarli
๐Ÿ“Œ 800 ta so'z โ€” Elementary, chet elda sayohat qilish uchun yetarli
๐Ÿ“Œ 2000-3000 ta so'z โ€” Intermediate, bemalol gaplashish, yozish, kitob o'qish darajasi (IELTS 5,5-6, CEFR B2)
๐Ÿ“Œ 5000-6000 ta so'z โ€” Advanced, o'qituvchi darajasi (IELTS 7,5-8, CEFR C1)
๐Ÿ“Œ 10 000 ta so'z โ€” Proficiency, professor darajasi (IELTS 9, CEFR C2)

Miyangizning yashirin kuchi

Miyamiz ikki qismdan iborat. Chap yarim shar โ€” mantiq, raqam, matn, faktlarga javobgar, atigi 10% xotira salohiyatiga ega. O'ng yarim shar โ€” his-tuyg'u va tasavvurga javobgar, 90% xotira salohiyatiga ega, shundan 80%i aynan tasavvurga tegishli.

Bog'cha yoshidagi bolalarning xotirasi kuchli bo'lishining sababi ham shu โ€” ular hali matnli (chap tomon) xotiraga o'tishmagan, hamma narsani tasavvur orqali qabul qilishadi. Standart yodlash uslubi faqat chap tomonni ishlatadi โ€” biz esa o'ng tomonni ham ishga soladigan mnemonika texnikasidan foydalanamiz.

Meta-ta'lim haqida

Meta-ta'lim โ€” ta'lim jarayonini sezilarli tezlashtiradigan zamonaviy yondashuv. Uning tarkibiy qismlaridan biri โ€” mnemonika (superxotira) sirlari. Maxsus texnika va algoritmlar yordamida, an'anaviy usulga nisbatan bir necha barobar tezroq va samaraliroq natijaga erishish mumkin.

Aktiv va passiv lug'at

So'zni ilk bor ko'rganingizda, bilim darajangiz eng pastki nuqtada bo'ladi: 1) ko'rganman โ†’ 2) tushunaman, lekin tarjima qilolmayman โ†’ 3) bilaman โ†’ 4) tarjima qila olaman โ†’ 5) ishlata olaman.

Faqat oxirgi bosqich โ€” aktiv lug'at hisoblanadi. Qolgan to'rttasi passiv โ€” o'qiysiz, tarjima qilasiz, lekin nutqda ishlata olmaysiz. Bizning maqsadimiz โ€” barcha so'zlarni aktiv lug'atga aylantirish.

Lug'at yodlash jarayoni โ€” 3 bosqich

1. So'zlarni tanlab olish โ€” biz siz uchun eng muhim 5000 ta so'zni allaqachon tayyorlab qo'yganmiz, o'zingiz qidirishingiz shart emas.
2. Eslab qolish โ€” mnemonika texnikasi orqali, quyida tushuntirilgan.
3. Mustahkamlash โ€” bu eng muhim bosqich, aynan shu yerda so'z "aktiv" bo'ladi. Ilovadagi 3ยท7ยท14 kunlik takrorlash tizimi aynan shu vazifani bajaradi.

So'z yodlash texnikasi โ€” 6 qadam

1) O'xshatish โ€” chet tilidagi so'zni o'zbekcha tanish so'zga ovoz jihatidan o'xshatib olasiz (masalan Cat โ€” "ket" โ€” "kit"ga o'xshaydi). Miyamiz yangi ma'lumotni eski, tanish ma'lumot bilan bog'lagandagina uni yaxshi eslab qoladi.

2) Tarjima bilan birlashtirish โ€” topilgan o'xshatishni so'zning tarjimasi bilan bitta kulgili, g'alati obrazga aylantirasiz (kartochkadagi mnemonika aynan shunday tuzilgan).

3) 3 marta qaytarish โ€” assotsiatsiya tayyor bo'lgach, inglizchadan o'zbekchaga va aksincha, bir necha marta tez qaytarib chiqasiz.

4) 5 tadan ortiq olmaslik โ€” miyamiz bir vaqtning o'zida 5 tadan ortiq yangi ma'lumotni ushlab turolmaydi. Shu sabab ilovada har bir kun kichik porsiyalarga bo'lingan.

5) 96 soat qoidasi โ€” yangi o'rganilgan so'zni 4 kun ichida albatta bir marta qaytarish kerak, aks holda miya uni chetga chiqarib yuboradi. Aynan shu ilmiy qoida asosida ilovaning 3ยท7ยท14 kunlik takrorlash tizimi qurilgan.

6) Shahar metodi โ€” yasagan assotsiatsiyalaringizni tasavvuringizda yaxshi bilgan joylarga (masalan, o'z uyingizga) "joylashtirib chiqish" ularni yanada mustahkam va aniq qiladi.

Samaradorlikni oshirish

Miya har 30 daqiqada charchay boshlaydi va ma'lumotni yaxshi qabul qilmay qo'yadi. Shuning uchun har yarim soatlik mashg'ulotdan keyin 5 daqiqa tanaffus qiling. Tanaffus vaqtida qo'l yoki ko'z gimnastikasi (barmoqlarni ishqalash, qorachiqni yon-yon harakatlantirish) qon aylanishini yaxshilab, miyani dam oldiradi va keyingi mashg'ulot samaradorligini oshiradi.